Maxfiylik siyosati
Oxirgi yangilanish: 26 oktyabr 2026
1. Biz kimmiz
Platformani Alim (O‘zbekiston, Toshkent shahri) («Alim», «biz») boshqaradi. Aloqa: azizbekmuslim007@gmail.com, +998 50 005 70 43.
2. Qanday ma’lumotlarni yig‘amiz
- Akkaunt ma’lumoti: ism, email, rol (o‘quvchi, o‘qituvchi, tashkilot), tashkilot nomi (tashkilot akkauntlarida).
- Parol: parolingizning o‘zi saqlanmaydi, faqat qaytarib bo‘lmaydigan xesh shaklida saqlanadi.
- Faoliyat ma’lumoti: sinflarga a’zolik, test javoblari va ballar, darslarni tugatganlik belgisi.
- Siz yaratgan va yuklagan kontent: testlar, darslar, yuklangan fayllar.
- Texnik ma’lumot: IP manzil, brauzer turi, kirish va muhim harakatlar jurnali (xavfsizlik va nosozliklarni topish uchun), 2 bosqichli tasdiq sozlamalari.
Bolalarning kerak bo‘lmagan ma’lumotlarini (telefon, manzil, tug‘ilgan sana) so‘ramaymiz.
3. Nima uchun ishlatamiz
- akkauntni yuritish va tizimga kirishni ta’minlash;
- o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida darslar, testlar va natijalarni almashish;
- xavfsizlik, firibgarlik va suiiste’molning oldini olish;
- platformani yaxshilash (umumiy, shaxsiylashtirilmagan statistika).
Ma’lumotlaringizni reklama maqsadida sotmaymiz va reklama kuzatuvchilarini ishlatmaymiz.
4. Kim ko‘radi
- O‘quvchining natijalarini faqat o‘zi va qo‘shilgan sinfining o‘qituvchisi ko‘radi.
- O‘qituvchining sinflari va materiallarini faqat o‘zi va o‘z sinfidagi o‘quvchilar (biriktirilgan darslar doirasida) ko‘radi.
- Tashkilot (maktab, o‘quv markazi): agar o‘qituvchi tashkilotga o‘z roziligi bilan qo‘shilgan bo‘lsa, tashkilot o‘sha o‘qituvchining sinflari, o‘quvchilari ro‘yxati (ism, email) va test natijalarini ko‘ra oladi. Bunday sinfda o‘quvchiga tashkilot nomi ko‘rsatiladi. O‘qituvchi istalgan vaqtda tashkilotdan chiqishi mumkin.
- Platforma ma’muriyati texnik va xavfsizlik sabablariga ko‘ra cheklangan ruxsat bilan ishlaydi; admin harakatlari jurnalga yoziladi.
- Qonun talab qilganda vakolatli organlarga ma’lumot berilishi mumkin.
5. Uchinchi tomonlar
Platforma Cloudflare infratuzilmasida ishlaydi (server, ma’lumotlar bazasi, fayl saqlash). Darslarga qo‘shilgan YouTube videolari ochilganda YouTube o‘z shartlari bo‘yicha ma’lumot olishi mumkin (biz «cookie’siz» rejimdagi o‘rnatilgan ko‘rinishni ishlatamiz). Sun’iy intellekt (AI) funksiyalari (savol-javob, test va taqdimot yaratish) ishlatilganda, siz yozgan matn (savol, mavzu, joylagan material) AI xizmati provayderiga OpenAI yuboriladi. Ismingiz, emailingiz va boshqa akkaunt ma’lumotlaringiz AI’ga yuborilmaydi; so‘rovlar mazmuni bizda saqlanmaydi, faqat so‘rovlar soni hisoblanadi. AI’ga shaxsiy ma’lumot yozmang. AI javoblari noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin, ularni tekshirish kerak. To‘lov xizmati ulangach, bu bo‘lim yana yangilanadi. Ma’lumotlar Cloudflare xizmatlarida (Yevropa mintaqasi) saqlanadi.
6. Cookie
Faqat tizimga kirish uchun zarur bo‘lgan bitta texnik cookie ishlatiladi (seans). Reklama va kuzatuv cookie’lari yo‘q.
7. Qancha vaqt saqlanadi
Akkaunt ma’lumotlari akkaunt mavjud bo‘lguncha saqlanadi. Seanslar 30 kundan keyin tugaydi. Texnik jurnallar 12 oy saqlanadi.
8. Sizning huquqlaringiz
- ma’lumotlaringiz haqida bilish va nusxasini so‘rash: azizbekmuslim007@gmail.com ga yozing;
- noto‘g‘ri ma’lumotni tuzatish;
- akkauntni o‘chirish: «Profil» bo‘limida parol bilan tasdiqlab o‘chirasiz; akkaunt va unga tegishli ma’lumotlar (sinflar, testlar, darslar, fayllar, natijalar) o‘chiriladi. Texnik jurnallardagi sizga tegishli yozuvlar shaxsiy belgisiz qoldiriladi;
- shikoyat qilish huquqi.
9. Bolalar
Platformadan maktab o‘quvchilari ham foydalanishi mumkin. Voyaga yetmaganlar ro‘yxatdan o‘tganda ota-ona yoki o‘qituvchi/tashkilot roziligi talab qilinishi mumkin. 14 yoshdan kichik foydalanuvchilar faqat ota-ona yoki o‘qituvchi/tashkilot roziligi bilan foydalanishi mumkin.
10. Xavfsizlik
Parollar xeshlanadi, aloqa shifrlangan (HTTPS) kanal orqali o‘tadi, admin uchun 2 bosqichli tasdiq majburiy, kirishga urinishlar cheklangan. Hech bir tizim 100% xavfsiz emas; parolingizni hech kimga bermang.
11. O‘zgarishlar
Siyosat o‘zgarsa, bu sahifada yangilanadi va muhim o‘zgarishlar haqida platformada xabar beramiz.